Ushbu kelishuv doirasida talabalar ikki oliygohda tahsil olib, OXU va WUST tomonidan beriladigan 2 ta diplomga ega bo‘lishadi.
🗺 Ushbu hamkorlik xalqaro ta’lim tizimi tajribalarini integratsiya qilish, talabalar uchun ilg‘or bilim olish muhitini yaratish va ularning kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida yo‘lga qo‘yildi.
TA’LIM DASTURLARI
Bakalavriat:
✔️1+3 – 1 yil OXUda, 3 yil WUSTda
✔️2+2 – 2 yil OXUda, 2 yil WUSTda
Magistratura:
✔️ 1+1 – 1 yil OXUda, 1 yil WUSTda
Endi OXU talabalariga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim olish imkoniyati mavjud:
Bakalavr:
✔ Bachelor of Science in Information Technology (BSIT)
✔ Bachelor of Science in Business Administration (BSBA)
Magistratura:
✔ Master of Business Administration (MBA) Program
🔥 Bitiruvchilar ikki davlatda – O‘zbekiston va AQShda rasmiy ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa ularning xalqaro mehnat bozorida yuqori raqobatbardosh kadr sifatida shakllanishiga zamin yaratadi.